Andijon viloyati IIBga rahbar tayinlandi
Sanjar Jabborov avval Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

Andijon viloyati IIBga rahbar tayinlandi.
Ichki ishlar vaziri ishtirokida xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi tashkil etildi.
Unda ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, polkovnik Sanjar Buranovich Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
U avval Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Andijon viloyat IIBning avvalgi rahbari Ayubxon Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgandi.