platina.uz

Qashqadaryodagi "zapravka"da portlash boʻldi

Kelib chiqqan yongʻin oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan.

Jamiyat
11-mart, 8:46
Qashqadaryodagi "zapravka"da portlash boʻldi

10 mart kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan yoqilgʻi quyish shoxobchasi hovlisida 2 ta 9 tonnali sigʻim yongan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, voqea joyiga borgan 4 ta yongʻin qutqaruv boʻlinmasi yarim soatda yongʻinni toʻliq oʻchirgan.

Yongʻin oqibatida 2 nafar fuqaro kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshiligi aytilgan.

Yongʻin sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, dekabr oyida Fargʻonadagi "zapravka"da ham portlash yuz bergan, rasmiy maʼlumot boʻyicha 4 kishi halok boʻlgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+