Navoiydagi portlashda bir kishi halok boʻldi
Yana 11 kishi turli jarohatlar olgan. Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Navoiydagi portlash sabab bir kishi halok boʻldi, 11 kishi jabrlandi.
11 mart kuni Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy koʻchasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi roʻy bergan. Chaqnash natijasida yongʻin kelib chiqqan.
Yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan hodisa qurshab olinib, batamom oʻchirildi.
Chaqnash oqibatida 1 nafar fuqaro halok boʻlgan va 11 nafar fuqaro tan-jarohati olgan. Hozirga jabrlanganlarga malakali tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.