"Navoiy azot"da portlash sodir boʻldi
Hodisa joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji safarbar etildi.

“Navoiy azot” AJda portlash sodir boʻldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
11 mart kuni soat 14:10 da Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy koʻchasida joylashgan “Navoiy azot” AJning 25-sexi laboratoriyasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi hodisasi roʻy bergan.
Chaqnash natijasida yongʻin kelib chiqqan.
Shunga koʻra, hodisa joyiga 10 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borib, hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga viloyat FVB boshligʻi, IIB, SSB, prokuratura xodimlari yetib borgan.
Bu vaziyat boʻyicha FVV Axborot xizmati tomonidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Eslatib oʻtamiz, avval Qashqadaryodagi zapravka ham portlagandi.