platina.uz

Bosh prokuror yangi oʻrinbosarining vazifasi maʼlum boʻldi

Aholi bandligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan 30 nafar rahbarga nisbatan choralar koʻrilgan.

Siyosat
4-mart, 19:17
Bosh prokuror yangi oʻrinbosarining vazifasi maʼlum boʻldi

Yangi tayinlangan Bosh prokuror oʻrinbosari Dilmurod Qosimov tadbirkorlar va investorlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi sohasidagi nazorat uchun masʼul boʻladi. Endilikda prokuratura idoralari bu borada qulay huquqiy muhit yaratishda muhim oʻrin tutadi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash, investitsiya va eksport koʻrsatkichlari boʻyicha hisobot bilan tanishdi. Unda Qosimov tanishtirildi.

Aholi bandligini taʼminlashda Jizzax, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlarida hamda Oʻzmilliybank, Asakabank, Mikrokreditbank va Biznesni rivojlantirish banki loyihalarida yuqori koʻrsatkichlar qayd etilgan.

Lekin Sirdaryo viloyati, 24 ta tuman va shaharda natijalar yuqori emas. Shu bois vazifalar ijrosida sustkashlikka yoʻl qoʻygan 30 nafar rahbarga nisbatan choralar koʻrilgan.

Toʻplangan tajribadan kelib chiqib, kelgusi oylarda natijadorlikni oshirish, ishsizlarni kasbga va foydali mehnatga yoʻnaltirish zarurligi taʼkidlandi. Hozirgi bahor mavsumida tomorqa va ijara yerlarda toʻliq ekin ekish, buni online-mahalla.uz platformasi orqali kuzatib borish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+