platina.uz
Jamiyat

Maqsud Boʻronov Nurobod tumani rahbari etib tayinlandi

U avval tijorat banklaridan birida boshqarma boshligʻi sifatida ishlagan. 

Maqsud Boʻronov Nurobod tumani rahbari etib tayinlandi

Maqsud Boʻronov Nurobod tumani hokimi etib tayinlandi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev soʻzga chiqib, erishilgan yutuqlar hamda yoʻl qoʻyilayotgan kamchilik va muammolar haqida gapirib oʻtgan.

Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Boʻronov Maqsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi. Tayinlovga qadar Boʻronov “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Nurobodga shu vaqtga qadar Sirojiddin Berdiqulov rahbarlik qilayotgandi.

Avvalroq Jomboy tumanida ham hokim almashgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid