platina.uz
Jamiyat

Toshkent shahar IIBB boshligʻiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Farhod Hasanov bu lavozimga qachon qoʻyilgani aytilmagan, bu haqda rasman maʼlum qilinmagan.

Toshkent shahar IIBB boshligʻiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Polkovnik Hasanov Farhod Fattaxovich Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bu lavozimga qachon qoʻyilgani aytilmagan, bu haqda rasman maʼlum qilinmagan. IIBB saytining rahbariyat boʻlimida paydo boʻlib qolgan.

F.Hasanov bunga qadar Qoʻqon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

U 2023 yil avgustidan buyon Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Doniyor Toshxoʻjayev oʻrnini egallagan. Toshxoʻjayev oʻtgan yili noyabrda ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid