platina.uz

Kreditga beriladigan mashinalar uchun ham chegirmalar qabul qilinadi

Mazkur amaliyot natijasida kredit stavkasi 4 foizga arzonlashadi.

Jamiyat
7-fevral, 12:55
Kreditga beriladigan mashinalar uchun ham chegirmalar qabul qilinadi

Endilikda kreditga beriladigan mashinalar uchun chegirmalar aamal qilishi mumkin.

Xizmatlar koʻlamini kengaytirish uchun taksi agregatorlaridan biri 2 mingta avtomobil kreditiga kafil boʻlib, 4 ming odamni ishli qilish taklifi bilan chiqqan.

Buning hisobiga yangi zamonaviy taksilar koʻpayadi. Bunday loyihalarga banklar 1 trillion soʻm kredit ajratishga tayyor.

Koʻplab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul toʻliq toʻlansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga koʻra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi.

Vaholanki, banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4 foizga arzonlashadi.

Bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligi taʼkidlandi.

Umuman, bu yil transport xizmatlari hajmini 15 foizga oshirib, 185 trillion soʻmga, eksportini 2,2 milliard dollarga olib chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Avval Oʻzbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda olish imkoni yaratilishi maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+