Andijon viloyati hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
U turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalariga javob beradi.

Sattarov Davronbek Xasanboyevich Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Paxtaobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlagan.
Avvalroq viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari ham tayinlangan edi.