AQSh Oliy sudi Tik Tokni taqiqlovchi qonunni maʼqulladi
Qonun 19 yanvar, yakshanba kuni kuchga kirishi kutilyapti.
AQSh Oliy sudi TikTok platformasini taqiqlovchi qonunni maʼqulladi.
Sudyalar kompaniya egasining soʻz erkinligini buzilganligi haqidagi daʼvosini rad etdi, yaʼni qonun 19 yanvar, yakshanba kuni kuchga kiradi, deb yozadi NBC News.
Qonun TikTok egasi, Xitoyning ByteDance kompaniyasidan 19 yanvargacha AQShdagi biznesini sotishini talab qiladi, aks holda platforma taqiqlanishi mumkin.
NBC News taʼkidlashicha, taqiq qachon amalga oshirilishi nomaʼlumligicha qolmoqda, chunki "Tramp ilovani saqlashga urinishi mumkinligiga ishoralar bor".
Prezident Jo Bayden Tik Tokni taqiqlash tashabbuskorlaridan edi.
Avvalroq Tik Tok AQShdagi biznesini Ilon Maskka sotmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.