platina.uz

Shavkat Mirziyoyev "Manchester Siti" xoʻjayini bilan uchrashdi

Ushbu klub yaqinda Abduqodir Husanovni 40 mln yevroga sotib olgan edi.

Siyosat
15-yanvar, 18:26
Shavkat Mirziyoyev "Manchester Siti" xoʻjayini bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev bugun Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Shayx Mansur Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi xoʻjayinlaridan biri boʻladi. Klub yaqinda Abduqodir Husanovni 40 mln yevroga sotib olgandi.

Uchrashuvda koʻp qirrali hamkorlik va ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, togʻ-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish boʻyicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Sunʼiy intellekt borasida, shu jumladan soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbolli yoʻnalish sifatida belgilandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+