Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
Tibetdagi zilzila sabab yuzga yaqin kishi halok boʻldi.
Siyosat
7-yanvar, 18:57
Xitoy janubi-gʻarbidagi Shigatsze shahri Dinji uyezdida kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar hayotdan koʻz yumgani va jarohat olgani munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yoʻlladi.
Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.
Eslatib oʻtamiz, Tibetdagi zilzila sabab yuzga yaqin kishi halok boʻldi. Yer silkinishi kuchli 7,1 magnitudali deya baholandi.