platina.uz
Jamiyat

Avtobusda naqd toʻlaganlar jarimaga tortilmaydi – Transport vazirligi

3 kun oldin "Toshshahartrans" vakillari va nazoratchilari buning aksini aytgandi.

Avtobusda naqd toʻlaganlar jarimaga tortilmaydi – Transport vazirligi
Foto: Platina.uz

Toshkent shahar avtobus yoʻnalishlarida naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisida asossiz maʼlumotlar joylanmoqda, dedi Transport vazirligi matbuot xizmati.

3 kun oldin rasmiy manbada eʼlon qilingan reportajda esa "Toshshahartrans" xodimlari va nazoratchilari naqd pulda yoʻlkira toʻlaganlar birinchisida ogohlantirilishi, keyin esa 37,5 ming soʻm jarimaga tortilishi haqida bayonot berishgandi.

Vazirlikning eslatishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasida yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi – BHMning oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.

Ammo vazirlik matbuot xizmati naqd pulda toʻlov qilsa boʻladimi yoki yoʻq, avtobus haydovchisi yoki kassirdan chiptani naqd pulga sotib olish mumkinmi-yoʻqligiga aniqlik kiritmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid