Poyezd chiptasi narxlari yana oshiriladi
Bunga tezkor elektropoyezdlarni xarid qilish va yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, temir yoʻl vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsad sifatida koʻrsatilgan.

2025 yil 1 fevraldan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25% ga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20% ga hamda tezyurar yoʻlovchi poyezdlari "Sharq", "Nasaf" va "Oʻzbekiston" poyezdlarining chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.
Bugungi kunda sohada temir yoʻl infratuzilmasi xarajatlari, elektr energiyasi, yoqilgʻi va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, temir yoʻl vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsad sifatida keltirilgan.
"Afrosiyob" elektropoyezdlari chipta narxlari:
Toshkent — Buxoro:
VIP 994 000 soʻm;
Biznes 751 000 soʻm;
Ekonom 484 000 soʻm.
Toshkent — Qarshi:
VIP 854 000 soʻm;
Biznes 634 000 soʻm;
Ekonom 406 000 soʻm.
Toshkent — Samarqand:
VIP 619 000 soʻm;
Biznes 450 000 soʻm;
Ekonom 294 000 soʻm.
Eslatib oʻtish kerak, 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar yoʻnalishdagi poyezdlarda yoʻlovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga oʻtilgan.
Poyezd chiptalari narxlari bir yil oldin oshirilgan edi.