Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga taʼziya bildirdi
Nyu-Orleandagi hodisa sabab 15 kishi qurbon boʻldi, oʻnlab odamlar esa jarohatlandi.
Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga taʼziya bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Orlean shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jozef Baydenga taʼziya maktubi yoʻlladi.
Davlat rahbari Oʻzbekiston xalqi nomidan halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Amerika xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 1 yanvarda Nyu-Orleanda haydovchi olomon ustiga mashina haydab, oʻt ochdi. Oqibatda 15 kishi qurbon boʻldi.