Tramp mehmonxonasi oldida Cybertruck portladi
Hodisa oqibatida bir kishi halok boʻldi, yana yetti kishi yaralandi. Tesla asoschisi Ilon Mask hodisa terakt boʻlishi mumkinligini aytgan.

Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi oldida Tesla Cybertruck portladi.
Las-Vegasdagi Trump International mehmonxonasi yaqinida Ilon Mask kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan pikap portladi, deb xabar bermoqda Accosiated Press.
Hodisa oqibatida bir kishi halok boʻldi, yana yetti kishi yaralandi.
Mahalliy sherif Kevin Makmexillning soʻzlariga koʻra, ijaraga olingan mashinadan benzin va yoqilgʻi solingan bankalar, shuningdek, pirotexnika vositalari topilgan.
Matbuot anjumanida sherifning aniqlik kiritishicha, tergov davom etmoqda va haydovchining shaxsi hali aniqlanmagan.
Tesla Ilon Mask voqeaga izoh berib, portlash terakt boʻlishi mumkinligini taxmin qildi. U, shuningdek, voqeani Nyu-Orleandagi olomon ustiga ketayotgan mashina bilan bogʻladi, chunki ikkala mashina ham Turo avtomobil almashish xizmati orqali ijaraga olingan.
Maskning taʼkidlashicha, portlash Cybertruckning texnik nosozliklari bilan bogʻliq emas.
1 yanvarda Nyu-Orleanda mashina odamlar ustiga haydaldi va oʻq uzildi. Natijada oʻn kishi halok boʻldi.