Hokimlikka tasdiqlangan Shavkat Umrzoqov katta pul ajratdi
Pul Toshkent shahar byudjetining erkin mablagʻlari hisobidan taqdim etiladi.

3 aprel kuni Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan Shavkat Umrzoqov byudjetdan 1 mlrd. 449 million soʻmdan ziyod pul ajratdi.
Pul ajratish boʻyicha hokim qarorida aytilishicha, mablagʻ Toshkent shahar Planetariysiga maketlar sotib olish, joriy taʼmir, yongʻin xavfsizligi tizimi, kirish qimiga "Planetariy" dekorativ soʻzini yozish uchun ishlatiladi. Mablagʻ 2024 yil 1 yanvar holatiga koʻra, Toshkent shahar byudjetining erkin mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Planetariy ajratilgan mablagʻni oʻrnatilgan tartibda sarflaydi va ortganini Toshkent shahar byudjetiga qaytarish choralarini koʻradi. Qaror ijrosini nazorat qilish hokimning birinchi oʻrinbosari R.Shokirov zimmasiga yuklangan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 3 aprel kuni Shavkat Umrzoqov Prezident farmoni bilan Toshkent shahar hokimligiga tasdiqlandi.
U avval xalq sharoitlari uchun 848 million, Toshkent shahar hokimligi xarajatlari uchun 7 mrd. 349 mln. soʻm pul ajratgandi.