platina.uz
Jamiyat

Otabek Mahkamov Oliy taʼlim vaziriga oʻrinbosar boʻldi

Ushbu lavozimda ishlab kelgan Shahlo Turdiqulova Fanlar akademiyasiga ishga oʻtdi. 

Otabek Mahkamov Oliy taʼlim vaziriga oʻrinbosar boʻldi

Otabek Mahkamov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

Vazirlik xabariga koʻra, bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov boshchiligida tashkiliy masalaga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Prezidentning tegishli qarori bilan tayinlangan ikki vazir oʻrinbosari jamoaga tanishtirilgan.

Otabek Mahkamovning vazifasida shu vaqtga qadar ishlab kelgan Shahlo Turdiqulova fanlar akademiyasining vitse-prezidenti lavozimiga tayinlandi.

Avval Shohruh Daliyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid