Oʻzbekiston Vetnamni ham ayamadi
Oʻzbekiston guruh bosqichida yuz foizlik natija qayd etib, pley-offga yoʻl oldi. Jamoa keyingi bosqichda Saudiya Arabistoni bilan oʻynaydi.

Yoshlar oʻrtasida oʻtayotgan Osiyo birinchiligi guruh bosqichining 3-turi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan ham yirik gʻalabaga erishdi.
3-0 hisobida yakunlangan oʻyinda 4-daqiqadayoq Alisher Odilov hisobni ochdi. 35-daqiqada Jiyanov oʻrtadagi farqni ikkitaga oshirdi. 39-daqiqada Alisher Odilov dubl qayd etib, hisobni yirik koʻrinishga keltirdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston guruh bosqichida yuz foizlik natija qayd etib, pley-offga yoʻl oldi. Jamoa keyingi bosqichda amaldagi chempion Saudiya Arabistoni bilan oʻynaydi.
Bir necha kun avval oʻzbekistonliklar Kuvaytni ham yirik hisob(5:0)da magʻlub etgandilar.