Prezident sirdaryolik bogʻbonga Tracker sovgʻa qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev sayxunobodlik Tursunboy Aripovga avtomobil sovgʻa qildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik bogʻbon Tursunboy Aripovga Tracker avtomobilini sovgʻa qildi.
Tursunboy Aripov mehnat faoliyatini 15 yoshida kolxozda suvchilikdan boshlagan. Keyinroq tumanda tashkil etilgan boʻrdoqichilik chorva fermasida 40 yil mehnat qildi.
2011 yilda nafaqaga chiqqach, tomorqasida uzumchilik bilan shugʻullana boshladi. Uzoq yillar uzum yetishtirib, tok parvarishining hadisini oldi. Hozir uzumning rizamat, husayni, kelin barmoq, shohonaki, ketmon sop kabi navlarini koʻpaytirmoqda. Otaxon yangi “abatar” navini payvand qilganini aytdi.
Prezident Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Tursunboy Aripov bilan ham muloqot oʻtkazgandi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev avval namanganlik 108 yoshli Ibrohim Xoʻjayevga Traverse avtomobilini sovgʻa qilgandi.