Nodirbek Abdusattorov muddatidan avval chempionga aylandi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi "Prague Masters 2024" turnirida musobaqa tugashiga 1 tur qolganda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Nodirbek Abdusattorov "Prague Masters 2024" turnirida musobaqa tugashiga 1 tur qolganda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
8-turdagi Parham Maghsoodloo taslim etilgan oʻyinda Nodirbek farzinni qurbon qilib chiroyli gʻalabaga erishdi.
Ayni damdagi LIVE reyting boʻyicha amaldagi jahon chempioni Ding Liren ortda qoldirildi va Nodirbek 4-oʻringa 2765.5 reyting bilan joylashdi.
Nodirbek 8 imkoniyatdan 6 ochko toʻpladi. Uning taʼqibchilarida esa 4,5 ochko bor. Oxirgi turda qanday natija boʻlishidan qatʼi nazar unga hech kim tenglasha olmaydi.
Avvalroq Nodirbek Abdusattorov yangilangan dunyo shaxmat reyting jadvalida TOP-10'likka kirgani xabar berilgandi.