Investitsiya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

Avvalgi oʻrinbosar prezident yigʻilishida "oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun" ishdan olingandi. 

Jamiyat
7-mart, 11:40
Investitsiya vaziriga oʻrinbosar tayinlandi

 Oʻzbekiston  Prezidentining 2024 yil 6 martdagi PQ-120-son qarori bilan Kasimov Ilzat Ablaxatovich Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida davlat rahbari oʻtkazgan yigʻilishda  oʻz tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari Badriddin Abidov ishdan olingandi.

Shuningdek, yanvar boshida “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Ahmedov Dilshod Tursunqulovich Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari etib tayinlangandi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+