Buxoroda issiqlik va issiq suv tariflari qimmatlashdi

Kommunal toʻlovlar narxi oshirilishi 15 kun oldin eʼlon qilinishi kerak, aks holda bu qonun buzilishi hisoblanadi.

Jamiyat
31-mart, 11:34
Buxoroda issiqlik va issiq suv tariflari qimmatlashdi

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning qarori bilan issiqlik va issiq suv taʼminotining yangi tariflari tasdiqlandi.

Qaror 30 mart kuni eʼlon qilingan va shu kundan kuchga kirishi belgilangan. Kommunal toʻlovlar narxi oshirilishi 15 kun oldin eʼlon qilinishi kerak, aks holda bu qonun buzilishi hisoblanadi.

Qaror ilovasiga koʻra, markaziy isitish xizmati boʻyicha isitishi kunining bir kunida bir kv metr uchun 147,2 soʻm (QQSsiz), Markaziy isitish xizmati boʻyicha 1 Gkal issiqlik energiyasi uchun 77 440,0 soʻm. issiq suv taʼminoti boʻyicha hisoblash asbobi boʻlmaganda bir kishi uchun 16 541,0 soʻm, issiq suv hisoblagichi boʻlganda bir kub metr issiq suv uchun 4305,7 soʻm etib belgilandi. 

Byudjet va boshqa yuridik isteʼmolchilar uchun 1 Gkal issiqlik energiyasi narxi 373 200 soʻm (QQSsiz) tashkil etadi.  

Qaror ijrosini nazorat qilish hokimning qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik, koʻkalamzorlashtirish va ekologiya boʻyicha oʻrinbosari J.Arashov zimmasiga yuklatilgan.

Fevral oyida Toshkent shahrida ham issiqlik taʼminoti narxlari oshishi eʼlon qilingandi. Narxlar isitish tizimi tugagach amalga kiritilishi aytilgan. Unga koʻra, narxlar aholi uchun 11 Gkal narxi 105 ming soʻmgacha koʻtariladi. Hozirda amaldagi tarif 91 960 soʻm 1 Gkalni tashkil etadi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+