Oʻzbekistonlik Moskvadagi teraktda yuzdan oshiq insonni qutqardi
Oʻzbekistonlik Komil Nesibov terakt vaqtida 80 ga yaqin odamni chiqish joyiga olib borgan, olov ichida qolgan bir qizning qutqarilishiga sababchi boʻldi.
![Oʻzbekistonlik Moskvadagi teraktda yuzdan oshiq insonni qutqardi](https://cp.platina.uz/media/CACHE/images/122633.b35a1b9fbb2c.webp)
Moskvadagi terakt vaqtida Oʻzbekiston fuqarosi 100 dan ortiq odamni qutqarib qoldi. Bu haqda Shot Telegram kanali maʼlumot berdi.
Ofitsiant Komil Nesibov jabrlanganlarni tez yordam mashinalariga olib chiqqan, 80 ga yaqin odamni chiqish joyiga olib borgan va bir qizni olov ichidan tirik holda chiqishiga sababchi boʻlgan.
Komil Nesibovning Shot nashriga aytishicha, fojia yuz bergan kuni doʻsti bilan birga "Krokus"da ofitsiant boʻlib ishlagan. Oʻzbekistonlikning qahramonligi quyidagicha hikoya qilinadi: "Navbatchilik 19:55 atrofida tugadi. Ular tashqariga chiqqanda qattiq portlash eshitildi. Komil va uning doʻsti qoʻrqib ketishdi va eng yaqin binoga yugurishgan. Ammo keyin ular qaytishga qaror qildi. Komil oʻqdan yaralangan bir necha kishini yoʻl chetiga sudrab chiqdi, mashina toʻxtatib, oqsoqlangan ayolni oʻtirgʻizdi va konsertga kech qolganlarning hammasini tarqatib yubordi.
Binoda ham Komil eshiklarni buzib, odamlarga qayerga qochish kerakligini koʻrsatib berdi. Hammasi tutun ichida boʻlganida, pastki qavatdagi koridorlardan birida u bir guruh odamlarni (80 ga yaqin) koʻrdi va ularni tashqariga chiqishga yordam berdi".
Shuningdek, Komil Nesibov olov ichida qolib ketgan Kamilla ismli qizning qutqarilishiga sabab boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq asli qirgʻizistonlik boʻlgan Islom ismli oʻsmir ham yuzdan oshiq insonni qutqargani maʼlum boʻlgandi.