Moskvadagi terakt qurbonlari soni 60 nafarga yetdi. Asosiy maʼlumotlar
Terakt uchun javobgarlikni kim oʻz zimmasiga olgani ham maʼlum boʻldi.

Moskvadagi "Krokus siti xoll" konsert zalidagi terakt qurbonlari soni 60 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya tergov qoʻmitasi xabar bergan.
Tergovchilar halok boʻlganlarning jasadlarini koʻzdan kechirmoqda.
"Afsuski, qurbonlar soni ortishi mumkin", — deyiladi Tergov qoʻmitasi bayonotida.
Terakt sodir etilgan joydan dalillar va videokamera yozuvlari olib qoʻyilib, zarur ekspertiza tayinlanadi.
Shuningdek, soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, IShID terakt uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan. AQSh xizmatlariga koʻra, hodisa ortida "IShID Xuroson" guruhi turibdi.
Ukraina prezidenti devoni boshligʻi maslahatchisi Mixail Podolyak teraktga mamlakatning aloqasi yoʻqligini bildirdi. Uning aytishicha, Bu hodisa "Rossiya maxsus kuchlarining provokatsiyasi" boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni tunda Moskvadagi konsert zalida qurollangan shaxslar terakt uyushtirdi. Dastlab 40 kishi oʻlgani xabar berildi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hodisa yuzasidan Rossiya rahbari Putinga taʼziya bildirdi.