“Oʻzavtosanoat” raisining sotuv va marketing boʻyicha oʻrinbosari tayinlandi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Jamiyat
20-mart 2024 yil

Saxapov Aleksandr Aleksandrovich “Oʻzavtosanoat” AJ Boshqaruv raisining sotuvni rivojlantirish va marketing boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar bermoqda.
Saxapov dekabr oyida ishdan olingan Sardor Tadjiyev oʻrniga lavozimga tayinlangan. Tadjiyev onlayn navbatdagi nosozliklar asnosida ishdan ketgandi. Saxapov avval UzAuto Motors kompaniyasining Moliyaviy masalalar boʻyicha boshqaruv direktori lavozimida ham ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Chirchiq shahrining sobiq hokimi Davron Hidoyatov “Oʻzavtosanoat” AJ Boshqaruv raisining innovatsiya va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.