Maktablarda bahorgi taʼtil muddati eʼlon qilindi
IV oʻquv chorak darslari 28 mart kunidan boshlanadi.
Jamiyat
19-mart 2024 yil

Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21 mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida"gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024 yil 21 mart kunidan boshlanadi va 27 mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.
IV oʻquv chorak darslari 2024 yil 28 mart kunidan boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, qishki taʼtil 2023 yil 28 dekabrdan 2024 yil 10 yanvargacha davom etgandi.