Investitsiyalar vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Vazir va oʻrinbosarlar haqida qiziqarli maʼlumotlarni berishda davom etamiz

Jamiyat
9-fevral, 20:02
Investitsiyalar vazirligi rahbariyatini taniysizmi?

Vazir va oʻrinbosarlar haqida qiziqarli maʼlumotlarni berishda davom etamiz. Bu gal Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbariyati mansabdorlari bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlarni havola qilamiz.

Vazir Kudratov Laziz Shavkatovich 1981 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Xosei universiteti(Yaponiya)ni tamomlagan.

Mehnat faoliyati

  • 2003-2010 yillar – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan;
  • 2010-2014 yillar – Oʻzbekistonning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi;
  • 2014-2016 yillar – “Oʻzinfoinvest” xorijiy investitsiyalarni axborot bilan taʼminlash va ragʻbatlantirish agentligi direktori;
  • 2017-2019 yillar –Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;
  • 2019-2022 yillar –Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari;
  • 2022 yildan hozirgi kungacha – Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri.

Qiziq maʼlumot

2023 yilda vazirning koʻplab oʻrinbosarlari ishdan boʻshatilgan. Oʻsha paytlarda vazir Laziz Qudratov ham lavozimidan olinishi haqida koʻplab gap-soʻzlar tarqalgan edi. Ammo keyinchalik rahbar oʻz joyida qoldi.

Oʻrinbosarlar

Xolmurodov Nozimjon Qosimovich 1977 yil Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1998 yil Turkiyaning Gazi universitetini, 2005 yil Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Teshabayev Xurram Fatixovich 1968 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan.

Axmedov Dilshod Tursunqulovich 1972 yilda Samarqand shahrida tugʻilgan. 1996 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, 2012 yilda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Orenburg filialini, 2020 yilda “Skolkovo” Moskva boshqaruv maktabi(magistratura)ni tamomlagan.

Axborot xizmati rahbari Stanislav Vladimirovich Bagramov Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston 24” telekanalidagi faoliyati paytida "Shuhrat" medali sovrindori boʻlgan (2018).


Kambagʻallikni qisqartirish vazirligi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+