platina.uz
Jamiyat

Isroil HAMASning uzoq muddatli sulh taklifini qabul qilmadi

Bosh vazir Binyamin Netanyaxu yangi hujumlarga tayyorlanishni buyurgan. 

Isroil HAMASning uzoq muddatli sulh taklifini qabul qilmadi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektorida 135 kunlik sulh taklifini rad etib, Isroilning HAMAS ustidan bir necha oy ichida toʻliq gʻalaba qozonishi mumkinligini aytdi.

“Biz toʻliq gʻalaba qozonish yoʻlidamiz. Bu bir necha yil yoki oʻn yilliklar masalasi emas, bu oylar masalasi”, dedi u matbuot anjumanida.

U Gʻazo janubidagi Rafah shahriga ham hujum uyushtirishni buyurdi, u yerda urush zonasida oʻz uylarini tashlab ketishga majbur boʻlgan yuz minglab falastinliklar boshpana topgan.

Netanyaxuning bayonoti Isroilning HAMAS bilan urushi paytida mintaqaga beshinchi marta kelgan AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken tashrifi kunida yangragan.

HAMASning soʻnggi taklifi Qatar va Misr vositachiligida Isroil va AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlangan oʻt ochishni toʻxtatish shartlariga javob boʻldi.

Guruh mohiyatan uch bosqichda 135 kunlik muddatga harbiy harakatlarni toʻxtatishni talab qilishdi.

Birinchi bosqichda, 45 kunlik davrda Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik ayollar va oʻsmirlar evaziga garovga olingan barcha isroillik ayollar, 19 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar, keksalar va kasallarni ozod qilish taklif qilindi. Bu davrda Isroil qoʻshinlari ham Gʻazoning aholi punktlarini tark etishi va u yerda kasalxonalar va qochqinlar lagerlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi kerak edi;

Ikkinchi bosqichda garovga olingan qolgan erkaklar falastinlik asirlarga almashtirilishi va Isroil qoʻshinlari Gʻazodan butunlay chiqib ketishi;

Qolgan 45 kun ichida har ikki tomondan halok boʻlganlarning qoldiqlarini almashish rejalashtirilgan edi.

HAMASga koʻra, kelishuv Gʻazoga oziq-ovqat va boshqa insonparvarlik yordamlarini koʻpaytirishni ham oʻz ichiga oladi.

Eslatib oʻtamiz, Isroil hujumlari oqibatida oʻlganlar soni 30 ming kishiga yaqinlashmoqda.

Avvalroq Isroil Oʻzbekistondan ishchilar jalb etmoqchi boʻlgani xabar berilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid