Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga ikki oʻrinbosar tayinlandi
Avvalroq Dilshod Kenjayev va Uzoq Begimqulovlar ishdan olingandi.
Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farhod Esanovich Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sardor Rajabov tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining, Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Vazirlikdagi faoliyatini boshlashdan avval esa sobiq DTM direktorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Farhod Boqiyev esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan, 2020 yilning 17 yanvarida Senat aʼzoligiga saylangan edi.
Eslatib oʻtamiz avval vazirning ikki oʻrinbosari Uzoqboy Begimqulov va Dilshod Kenjayev ishdan olingandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rahbariyati haqida esa ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.