Nodirbek Abdusattorov dunyo shaxmatchilari top-10ligiga kirdi

Prague Chess Festival 2024 turnirini gʻalaba bilan boshlagan Nodirbekning reytingi 2753.5 ga yetdi va 5 karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ortda qoldirdi.

Sport
28-fevral, 9:43
Nodirbek Abdusattorov dunyo shaxmatchilari top-10ligiga kirdi

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov yangilangan dunyo shaxmat reyting jadvalida TOP-10'likka kirdi.

Prague Chess Festival 2024 turnirining 1-turida Dai Van Nguyen ustidan gʻalaba qozongan Nodirbekning reytingi 2753.5 ga yetdi va 5 karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ortda qoldirdi.

Aytilishicha, hozirgacha hech qaysi oʻzbek shaxmatchisi TOP-10 kirmagan. Bungacha oʻzbek shaxmatidagi eng yaxshi natija Rustam Qosimjonovga tegishli boʻlib, u 2715 ochko bilan jahon reytingida 11-oʻrinda qayd etilgan edi. 

Fevral boshida Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) yanvar oyidagi reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirgandi.

 19 yoshli shaxmatchi bir oy ichida turnir jadvalida 22-oʻrindan 15-oʻringa koʻtarildi, Arpad Elo reytingi esa 2727 dan 2744 ga koʻtarildi. Nodirbek Abdusattorov Oʻzbekiston tarixida bunday reytingga erishgan birinchi shaxmatchi boʻlgandi. 

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+