DXX Guliston tumani sobiq hokimini qoʻlga oldi
Tumanda ikki fuqaro 300 ming dollar yer sotayotganda ushlangan, ularning sobiq hokimga aloqadorligi maʼlum boʻlgan.
DXX yer maydonlarini noqonuniy sotmoqchi boʻlganlarni ushladi. Ular orasida sobiq hokim ham borligi maʼlum qilingan.
Guliston tumanida 38 sotix yerni 300 ming AQSh dollariga sotmoqchi boʻlgan ikki nafar fuqaro DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda kelishilgan pulning 50 ming dollarini olayotganda qoʻlga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu noqonuniy ishga 2018-2021 yillarda Guliston tumani hokimi lavozimida ishlagan shaxs ham aloqador ekani aniqlangan.
Samarqand viloyati, Nurobod tumanida esa fermer xoʻjaligi rahbari va hisobchisi 49 yilga ijaraga berilgan yerni 70 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 35 ming dollar olayotganda ushlandi.
Qashqadaryoning Qamashi tumanida fermer xoʻjaligi rahbari klasterga tegishli mulkni hatlab berish evaziga 500 million talab qiladi. U ham 20 ming dollar va 100 million soʻm olayotganda qoʻlga olindi.
Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanining sobiq hokimi ham tadbirkordan 200 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olingandi.