Kechki ovqatga qanday mahsulotlarni isteʼmol qilgan maʼqul?
Uning tarkibida oqsil va protein boʻlishi muhimdir.
Protein va murakkab uglevodlarni oʻz ichiga olgan mahsulotlar kechki ovqat uchun eng maqbul variantdir. Bu haqda endokrinolog, tibbiyot fanlari nomzodi Oksana Mixaleva maʼlumot berdi.
Pishirilgan baliq, qovurilgan yogʻsiz goʻsht yoki parranda goʻshti oqsil manbai boʻlib xizmat qiladi, deydi Mixaleva.
Endokrinolog sabzavotlar isteʼmoli muhimligini aytdi, ular yangi, pishirilgan yoki qaynatilgan boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, sabzavotli taomga donli va dukkakli oʻsimliklarni qoʻshish foydalidir: masalan grechka yoki guruch.
Ular sizga toʻyinganlik tuygʻusini beradi va vitaminlar zaxirangizni toʻldiradi, deya qoʻshimcha qildi mutaxassis.
Kechki ovqatdan keyin shirinlik istasangiz, meva yoki 25-50 gramm marmelad va zefir isteʼmol qilishingiz mumkin.
Avvalroq kechki ovqatdan voz kechish yoki oʻtkazib yuborish ortiqcha vazn ortishiga olib kelishi mumkinligi maʼlum boʻlgandi.