Umra bilan shugʻullanuvchi 40 ga yaqin turfirma faoliyati toʻxtatiladi

Avvalroq ziyoratdan qaytishdagi muammolar sabab ayrim mansabdorlarga ish ochilgandi. 

Jamiyat
21-fevral, 15:37
Umra bilan shugʻullanuvchi 40 ga yaqin turfirma faoliyati toʻxtatiladi

Transport prokuraturasi Turizm qoʻmitasidan umra ziyorati bilan shugʻullanuvchi 40 ga yaqin turoperator faoliyatini toʻxtatib turishni soʻradi.

Prokuratura eʼlon qilgan hujjatda keltirilishicha, Transport prokuraturasi Turizm qoʻmitasidan turizm faoliyatini amalga oshirish bilan shugʻullanuvchi “Gulbakhor Airways”, “Mabrur Tur”, “Ravza Tur”, “Ramazon Travel”, “Fayz Turizm”, “Hizmat Travel”, “Toyib Tur”, “Ark Tur”, “Zaytun Travel”, “Maxbub Tour”, “Muhtasham Travel”, “Marjon Tur”, “Ixsan Travel”, “Exrom Tur”, “Madinax”, “Di Travel”, “Risola Travel”, “Maroqand”, “Hiro Tur”, “Najot Tour”, “Labbaik Travel”, “City Gloud”, “Ajva”, “Global Tur”, “Osiyo Tur”, “Brend Tur”, “Qibla Travel”, “Musaffo”, “Ummat uchun”, “Sayyor Sayohat”, “Maya Tur”, “Sulton Travel”, “Musaffirun, “Air Fayz”, “Mubin Tur”, “Road Silk”, “Ziyo Tur”, “Makon Yunayted” va “Mahdiy Travel” turfirmalarining faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turishni soʻragan. 

Bunga sabab sifatida ushbu turfirmalarning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.

Eslatib oʻtamiz, fevral boshida  Panorama airways tomonidan parvozlarning kechikishi tufayli oʻzbekistonlik ziyoratchilarning Umra safaridan qayta olmayotgani haqida xabar berilgandi.

Ziyoratchilarning Umra safaridan qaytishida yuzaga kelgan muammolar sabab ayrim mansabdorlarga ish ochildi, bir kishi qamoqqa olingan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+