platina.uz
Jahon

AQSh Isroilga katta miqdorda qurollar va bombalar joʻnatmoqchi

Shu bilan birga, Oq uy bu maʼlumotga rasman izoh bermadi.

AQSh Isroilga katta miqdorda qurollar va bombalar joʻnatmoqchi

AQSh maʼmuriyati Isroil armiyasining arsenalini toʻldirish uchun Isroilga yangi katta miqdordagi bomba va boshqa qurollarni yuborishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda The Wall Street Journal nashri oʻz manbalariga asoslanib xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlariga koʻra, kutilajak qurol yetkazib berish narxi oʻn millionlab dollarga baholanmoqda. Shunday qilib, Vashington Isroilga mingga yaqin MK-82 bombalarini, KMU-572 yuqori aniqlikdagi boshqaruv toʻplamlarini va FMU-139 bombalarini joʻnatmoqchi.

Anonim qolishni maʼqul koʻrgan AQSh rasmiylarining vakili taklif qilingan yetkazib berish hali ham AQSh maʼmuriyati tomonidan koʻrib chiqilayotganini va uning konfiguratsiyasi oʻzgarishi mumkinligini aytdi.

Shu bilan birga, Oq uy bu maʼlumotga rasman izoh bermadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Isroil kuchlari Gʻazo sektori janubidagi Rafah shahriga hujum boshlagan, birinchi kunning oʻzidayoq yuzdan oshiq kishi halok boʻlgandi. Umumiy janglardan soʻng halok boʻlgan falastinliklar soni 30 ming kishiga yaqinlashmoqda.

Isroil bosh vaziri Binyanmin Netanyahu HAMAS guruhining 135 kunlik sulh taklifini qabul qilmagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid