Oʻzbekiston FIFA reytingida yana koʻtarildi
Roʻyxatni amaldagi chempion Argentina boshqarib bormoqda.

FIFA'ning yangilangan reytingida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz pozitsiyasini 2 pogʻonaga yaxshilab, 66-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekiston MTJ Albaniya va Kabo Verde termalaridan keyin, Gana va Shimoliy Makedoniya jamoalaridan tepada joylashgan.
Markaziy Osiyo jamoalaridan Tojikiston 99 (+7), Qozogʻiston 100 (oʻzgarmadi), Qirgʻiziston 104 (-6) va Turkmaniston 141 (oʻzgarmadi) oʻrinlarda qayd etildi.
Eng katta ijobiy oʻzgarish Angola (+24), Qatar (+21), Iordaniya (+17) va Nigeriyada (+14) kuzatildi.
Reytingni amaldagi jahon chempioni Argentina boshqarib bormoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Fransiya va Angliya terma jamoalari bormoqda. Kuchli oʻntalikka Xorvatiya termasi yakun yasagan.
Eʼtiborli jihati, Ukraina 24, Rossiya esa 38-oʻrinni egallagan.
Eslatib oʻtamiz, qozogʻistonlik jurnalist Sanjar Akatayev Oʻzbekiston termasini Markaziy Osiyoning eng kuchli jamoasi deb atagandi.