Xoʻjaobod tumaniga hokim tayinlandi
2022 yil fevralidan beri tumanni Oʻtkirbek Shukurov boshqarib kelayotgandi.

Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Bozorboyev Jamshid Rafiqjon oʻgʻli Xoʻjaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Jamshidbek Bozorboyev 1990 yili Izboskan tumanida tugʻilgan. 2015 yilda Andijon qishloq xoʻjalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida tuman hokimligi, Andijon viloyati “Suvoqava” DUK, “Toza hudud” DUK, Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalarida bosh mutaxassis, boʻlim boshligʻi, rahbar oʻrinbosari va rahbar lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
2022 yil fevralidan beri Xoʻjaobod tumanini Oʻtkirbek Shukurov boshqarib kelayotgandi. Soʻngra Akmaljon Mirzaolimov tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Avvalroq Oltinkoʻl va Uchqoʻrgʻonda ham hokimlar tayinlangandi.