Ellikqalʼa tumaniga ham hokim tayinlandi
Avval Oltinkoʻl, Uchqoʻrgʻon va Xoʻjaobod tumanlariga rahbar tayinlangandi.

Niyazimbetov Valijon Batirbayevich Ellikqalʼa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Toʻrtkoʻl tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
Valijon Niyazimbetov Ellikqaʼla tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari va shu kunga qadar Toʻrtkoʻl tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Avvalroq Oltinkoʻl, Uchqoʻrgʻon va Xoʻjaobod tumanlarida yangi hokimlar tayinlangandi.