Paxta va gʻalla hosili uchun 10 trillion soʻm resurs ajratildi
Prezident qishloq xoʻjaligi boʻyicha yigʻilish oʻtkazmoqda.
2024 yilgi paxta va gʻalla hosili uchun byudjetdan 10 trillion soʻmdan ziyod imtiyozli resurs ajratildi. Bu haqda prezident tomonidan oʻtkazilayotgan qishloq xoʻjaligi boʻyicha yigʻilishda maʼlum qilindi.
Klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushdi.
Lekin 2024 yil paxtasini sotish boʻyicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning maʼlum qismi kreditlarni haligacha olmagan.
Sababi, ayrim banklar “resurs yoʻq, garov taʼminoti kerak”, degan bahonalar bilan tayyor mablagʻni bermayapti, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yili noyabrda oʻtkazilgan yigʻilishda ham bu muammoga toʻxtalgandi.
Oʻshanda davlat rahbari klaster va fermer oʻrtasida qonuniy koʻprik yoʻqligini tanqid qilgandi.