Qatar yana bir bor Osiyoda tengsiz boʻldi
Qatarliklar barcha gollarni penaltidan kiritdi.
Sport
10-fevral 2024 yil

Qatarda oʻtgan Osiyo chempionati finalida mezbonlar Iordaniya ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, chempion boʻldi.
Arab derbisida Akram Afif uchala golni ham penaltidan kiritgan boʻlsa, Yazan an-Naimat bir gol bilan javob beroldi xolos.
Shu tariqa qatarliklar ikki marta ketma-ket qitʼa chempioni boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi chorak finalda aynan Qatarga alamli tarzda yutqazib qoʻygandi.
Osiyo kubogi-2023, final
Qatar - Iordaniya 3:1
Gollar: Afif 22, 73, 90+5 pen. - Naimat 67