Baxti Tashkentskiyning akasi qidiruvga berildi
Uning oʻzi oʻtgan yili dekabrda ushlangandi.

Baxti Tashkentskiy nomi bilan mashhur boʻlgan Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev qidiruvga berildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan quyidagi shaxs qidirilmoqda:
1) 1964 yilda tugʻilgan Isamitdinov Xusan Xashimovich;
2) 1966 yilda tugʻilgan Qudratullayev Shuxrat Zaparovich;
3) 1988 yilda tugʻilgan Vapayev Feruz Muxammatsalayevich.
"Hurmatli fuqarolar! Agar Siz ushbu shaxslarning qayerda ekanligi haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yohud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi" deyiladi IIBB xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Baxti Tashkentskiyning oʻzi 2023 yil dekabrida qoʻlga olingandi.