platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda poyezd mashinani bosib ketdi, besh kishi halok boʻlgan

Halok boʻlganlarning barchasi bir oila aʼzolaridir. 

Surxondaryoda poyezd mashinani bosib ketdi, besh kishi halok boʻlgan

Surxondaryo viloyatida joriy yilning 31 yanvar kuni sodir boʻlgan YTHda bir oilaning besh aʼzosi halok boʻldi.

Maʼlum boʻlishicha, 081-sonli "Sariosiyo-Toshkent" yoʻlovchi poyezdi "Shoʻrchi-Elbayon" temir yoʻl bekatlari oraligʻi qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl kesishmasida oq rangli "Jentra" avtomashinasini urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Tergovga qadar tekshiruvlar davomida, 2024 yil 31 yanvar kuni soat 20:29 atrofida Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1989 yilda tugʻilgan N.B. oʻzining boshqaruvidagi Gentra avtomashinasida oʻzining extiyotsizligi sababli qoʻriqlanmaydigan temiryoʻl kesishmadan oʻtayotgan vaqtida "Sariosiyo-Toshkent" yoʻlovchi poyezdi bilan ayanchli YTH sodir boʻlgan.

Ayanchli YTH natijasida ushbu avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan B.M.ning oila aʼzolari onasi, turmush oʻrtogʻi, ikki nafar qizi va oʻgʻli voqea joyida olgan tan jarohatlari oqibati vafot etishgan.

Shuningdek, haydovchi N.B. va uning 2021 yilda tugʻilgan voyaga yetmagan oʻgʻli M.M.lar turli hil tan jarohatlari olib, Shoʻrchi markaziy shifoxonasida yotqizilgan.

Birgina 2023 yilning yetti oyi davomida Oʻzbekistonda 1115 kishi YTHlar oqibatida vafot etgan. Jami noxush hodisalarning 51,4 foizi haydovchilarning eʼtiborsizligi sabab kuzatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid