platina.uz
Maqola

Mandela effekti: xotiramiz va voqelikni idrok etish sirlari

Bu hodisa nafaqat hayrat uygʻotadi, balki reallikni toʻliq tushunayotganimizni shubha ostiga qoʻyadi.

Mandela effekti: xotiramiz va voqelikni idrok etish sirlari
Fotokollaj: Platina.uz

Hech oʻylab koʻrganmisiz, atrofingizdagi olam haqidagi, siz mutlaq haqiqat deb hisoblagan xotiralaringiz illyuziyaga aylanib qolsa, nima boʻladi? Hech qachon sodir boʻlmagan voqealar yoki tafsilotlarni eslasangiz, nima yuz beradi?

Bunday savollar psixologlar, fiziklar va oddiy odamlarning eʼtiborini tortadigan psixologik hodisa – Mandela effekti bilan bogʻliq. Bu hodisa nafaqat hayrat uygʻotadi, balki reallikni toʻliq tushunayotganimizni shubha ostiga qoʻyadi.

Mandela effekti nima?

"Mandela effekti" atamasi birinchi marta 2009 yilda Fiona Brum tomonidan kiritilgan. U konferensiyalardan birida, bir guruh odamlar Nelson Mandelaning oʻlimini muhokama qilayotganini eshitib qoladi. Ajablanarlisi shundaki, hozir boʻlganlarning koʻpchiligi Nelson Mandela 1980 yillarda qamoqxonada vafot etganiga ishonchi komil edi. Ular uning dafn marosimidan olingan koʻrsatuvlar, jahon hamjamiyatining qaygʻusi va siyosiy oqibatlarini batafsil bayon qilar edilar.

Ammo haqiqat boshqacha edi: Nelson Mandela 1990 yilda qamoqdan chiqqan va faqat 2013 yilda vafot etgan.

Bu voqea jamoaviy yolgʻon xotiralarni oʻrganish uchun boshlangʻich nuqta boʻldi. Mandela effekti – bu bir guruh odamlar voqealar, tafsilotlar yoki faktlar haqida bir xil notoʻgʻri xotiraga ega boʻlgan hodisa sifatida oʻrganila boshlandi.

Nega xotiramiz adashadi?

Miya ajoyib organ, lekin u biz oʻylagandek ishonchli emas. Xotira voqealar oʻzgarmagan holda saqlanadigan arxiv emas. Bu buzilishlarga duchor boʻlgan dinamik jarayon.

Konfabulyatsiya

Konfabulyatsiya – bu miya xotiradagi boʻshliqlarni notoʻgʻri maʼlumotlar bilan toʻldirish jarayonini tavsiflovchi atama. Misol uchun, agar siz brendning logotipi qanday koʻrinishini aniq eslay olmasangiz, miyangiz yetishmayotgan tafsilotlarni yaratishi mumkin.

Yolgʻon maʼlumotlar taʼsiri

Biror kishi voqea haqida notoʻgʻri maʼlumot olsa, uning miyasi uni haqiqat deb adashishi mumkin, ayniqsa maʼlumot ishonchli manbadan olinsa.

Kollektiv kognitiv xatolar

Bir guruh odamlarda soxta xotiralar tezroq tarqaladi. Inson notoʻgʻri faktga qanchalik koʻp ishonch hosil qilsa, boshqalar uni haqiqat sifatida qabul qilishlari osonroq boʻladi.

Xotiraning neyrobiologiyasi

Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, notoʻgʻri xotiralar gippokamp, xotira shakllanishi uchun masʼul boʻlgan miya sohasi bilan bogʻliq. Maʼlumot yetarli boʻlmagan yoki ziddiyatli holatlarda, hipokampus yangi tafsilotlarni qoʻshish orqali xotiralarni qayta tiklashi mumkin.

Kvant nazariyalari: olamlar aro sayohatmi?

Psixologik va neyrobiologik tushuntirishlar jozibali koʻrinsa-da, baʼzi tadqiqotchilar Mandela effektini parallel olamlar farazlari bilan bogʻlab, tushuntirishga urinishadi. Yaʼni odam qachondir boshqa olamga oʻtib qaytgan va oʻsha olamda Mandela rostan ham qamoqda oʻlib ketgan boʻlishi mumkin.

Fizik Xyu Everett tomonidan taklif qilingan bu nazariya vaqtning har bir lahzasi cheksiz koʻp parallel realliklarni yaratishini koʻrsatadi. Ulardan birida Nelson Mandela haqiqatda qamoqda oʻlishi, ikkinchisida esa ozodlikka chiqqan boʻlishi mumkin.


Ochilmagan sirlar: parallel olamlar


Nazariy fizik Fred Alan Volf, inson ongi xotiramizda iz qoldirib, bu haqiqatlar orasida "sakrab oʻtish" qobiliyatiga egaligi haqidagi nazariyani yaratgan.

Stiven Xoking esa, garchi koʻp olamning kundalik hayotimizga bevosita taʼsiriga shubha bilan qaragan boʻlsa-da, parallel olamlar tushunchasi matematik asosga ega ekanini tan olgan.

Hayotiy misollar: biz Mandela effektiga qanday duch kelamiz

Klassik holatlar

1. Nelson Mandela

Hodisaning asosiy misoli. Odamlar hech qachon sodir boʻlmagan oʻlim va dafn marosimlarini eslashadi.

2. Mashhur iboralar va sahnalar

Koʻpchilik “Yulduzlar jangi” filmidagi mashhur sahnada "Lyuk, men sening otangman" degan jumla bor deb ishonadi. Aslida esa Dart Veyder: "Yoʻq, men sening otangman", deydi.

3. Brendlar va logotiplar

“Monopoliya” oʻyinidagi boy odam personaji hech qachon monoklga (bitta shishali koʻzoynak) ega boʻlmagan. Ammo koʻpchilik shunday deb oʻylaydi.

Ford emblemasida F harfining belbogʻi gajak dumcha bilan yakunlanadi. Volkswagen logotipida harflarning tepa va past qismlari oʻrtasida uzilish bor. Volvo belgisi esa faqat doira va Volvo soʻzidan iyuborat emas, doira tepasida Mars belgisini bildiruchi koʻrsatkich ham bor va hokazo.

Mandela effekti muhim savollarni tugʻdiradi: bizning xotiralarimiz qanchalik haqiqiy? Biz hislarimizga ishonishimiz mumkinmi?

Ilmiy nuqtai nazardan, bu hodisa xotiramizning zaifligini va tanqidiy fikrlash kerak va muhimligini taʼkidlaydi.

Falsafiy nuqtai nazardan, u voqelikning tabiati haqida fikr yuritish uchun eshik ochadi. Balki hayotimiz ehtimoliy cheksiz oʻzgarish veriyalaridan biridir va biz haqiqat deb ataydigan narsa uning nozik bir aksi boʻlishi mumkin. Ehtimol shunchaki xotiramiz pand berayotgandir...

Mandela effekti bizga oʻzimiz va atrofimizdagi dunyo haqida qanchalik kam maʼlumotga ega ekanimizni eslatadi. Aynan shu hodisa bir kun kelib ong, zamon va makonni oʻrganishda yangi ufqlarni ochishi mutlaqo mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid