100 nafar falastinlik Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Ular davolanish va sogʻliqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.

100 nafar falastinlik Rafahdan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi.
100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga Oʻzbekistonga evakuvatsiya qildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi.
Ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan.
Qilichevning taʼkidlashicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda qoladi.
Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sogʻliqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.
Oʻzbekiston hukumati ularga mamlakatda boʻlish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan taʼminlaydi.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat yordamga muhtoj falastinliklarni qabul qilishga tayyorligini bildirgandi.