Qudratilla Rafiqov suzish federatsiyasi raisi etib saylandi
Tashkilotning avvalgi rahbari Quvondiq Sanaqulov gandbol federatsiyasiga oʻtgandi.

Qudratilla Rafikov Oʻzbekiston suzish federatsiyasi raisi etib saylandi.
Oʻzbekiston suzish federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Kun tartibidan federatsiyaga yangi rahbar saylash masalasi oʻrin oldi.
Federatsiyaning avvalgi rahbari Quvondiq Sanaqulov mamlakat gandbol federatsiyasi boshqaruviga oʻtganini inobatga olgan holda, suzish federatsiyasi rahbari lavozimiga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Rafikov Qudratilla Mirsagatovich nomzodi ilgari surildi.
Tadbirda qatnashgan delegatlar ushbu nomzodni bir ovozdan maʼqullashdi va Qudratilla Rafiqov mamlakat suzish federatsiyasi raisi etib saylandi.