Toshkentda 6,3 mlrd soʻmga yaqin tender savdolari bekor qilindi
Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1,1 mlrd soʻmga yaqin savdolarida raqobat boʻyicha qonun talablari buzilgan.

Toshkentda 6,3 mlrd soʻmga yaqin tender savdolari ixtiyoriy bekor qilindi.
Raqobat qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni oʻrganishlar natijasida qonunbuzilishlari aniqlangan.
Xususan:
- “Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DMning 1,1 mlrd soʻmga yaqin;
- Mirzo Ulugʻbek tuman Markaziy koʻptarmoqli poliklinikasining 871 mln soʻmlik;
- Bolalar Milliy Tibbiyot Markazining 1,2 mlrd soʻmga yaqin;
-“OʻZBEKGEOFIZIKA” AJning 1 mlrd soʻmga yaqin;
- “YaNGI TEXNOLOGIYaLAR ILMIY-AXBOROT MARKAZI” DUKning 155 mln soʻmlik;
- “ChIQINDI POLIGONLARINI BOShQARISh DIREKSIYaSI” DMning 2 mlrd soʻmlik eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini oʻrganish natijasida “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi holatlari aniqlandi.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunlari talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilgan. Ish natijasi yuzasidan yuqoridagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida buyurtmachilar tomonidan tanlov savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilingan.
Avvalroq qoʻmita tomonidan ayrim xususiy maktablarga chora koʻrilgani maʼlum boʻlgandi.