Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ketdi
Prezident farmonida Ergash Soliyev boshqa ishga oʻtgani taʼkidlangan. Uning oʻrniga yangisi tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev boshqa ishga oʻtgani uchun lavozimidan ozod etildi.
U 2017 yildan beri viloyatni boshqarib kelayotgan edi. Hozircha uning keyingi taqdiri haqida maʼlumot yoʻq.
Shuningdek, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan Ulugʻbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Eslatib oʻtish kerak, parlament saylovidan keyin lavozimga qayta tasdiqlangach, yana ishdan olingan hokimlar soni 2 nafarga yetdi. Avvalroq Samarqand hokimi Erkin Turdimov ham lavozimidan ketgandi.
Platina.uz sayti Jizzax viloyati hokimligi haqida alohida reportaj tayyorlagandi.