Toshkent avtobuslariga naqdsiz toʻlov qilish yangi yildan kuchga kiradi
Yoʻl haqini tez va arzon toʻlash uchun esa elektron toʻlov tizimlaridan (transport kartalari yoki bank kartalari) foydalanish kerak boʻladi.

Toshkentda 2025 yil 1 yanvardan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti toʻxtatiladi.
Naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida oʻrnatilgan barcha toʻlov qurilmalari yaʼni, Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilish kerak boʻladi.

Yoʻl haqini tez va arzon toʻlash uchun esa elektron toʻlov tizimlaridan (transport kartalari yoki bank kartalari) foydalanish tavsiya etilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 1 yanvardan jamoat transportida narxlar oshadi.
Unga koʻra:
bir yoʻlovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3000 soʻm. Bunda, bir yoʻlovchi qatnovi uchun 1 martalik toʻlovni elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirilganda ragʻbatlantiruvchi chegirma qoʻllanilgan holda – 1700 soʻm;
bir yoʻlovchining bagajini tashish boʻyicha xizmat uchun – 4 000 soʻm;
qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1600 soʻm etib belgilanadi