platina.uz
Jamiyat

Xurshid Qoraboyev Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

U avval Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa tashkilotlarda ishlagan.  

Xurshid Qoraboyev Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining qarori bilan Qoraboyev Xurshid Abduvahobovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xurshid Qoraboyev 1987 yil Parkent tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasida birinchi toifali mutaxassis vazifasida boshlagan. 2011-2016 yillarda u mazkur tashkilotda yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis, boʻlim mudiri oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shuningdek, u Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligida, "Oʻzbekoziqovqatxolding" kompaniyasi, Toshkent viloyati investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Xurshid Qoraboyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlikka koʻmaklashish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, oktabr oyida hokimning qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari Botir Alimbekov prezident yigʻilishida ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid