platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda ham issiqlik taʼminoti narxlari oshiriladi

Aholi uchun 1 metr kvadrat hududni isitish narxi 1385 soʻm boʻladi (avvalgi narx 1204 soʻm). 

Qashqadaryoda ham issiqlik taʼminoti narxlari oshiriladi

Qashqadaryo viloyatida issiqlik taʼminoti narxlari oshirilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashi qarori chiqdi. Qaror 2024 yil 2 dekabr kuni eʼlon qilingan.

Unga koʻra, "Issiqlik manbai" DUK tomonidan taklif etilgan yangi narxlar maʼqullandi.

Aholi uchun 1 metr kvadrat isitish narxi 1385 soʻm boʻladi (avvalgi narx 1204 soʻm).

Aholi uchun issiq suv taʼminoti 15 155 soʻmdan 17427 soʻmgacha oshadi. 1 Gkal issiqlik narxi 69575 soʻmdan 80 001 soʻmgacha koʻtariladi. 1 Gkal issiqlik uchun yagona ulgurji tarif oʻzgarmaydi (132 400 soʻm).

Mazkur qaror eʼlon qilingandan 15 kun oʻtib kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, avval Andijonda ham issiqlik taʼminoti narxlari oshirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid